AsosiyJAMIYAT

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

U mazkur lavozimda Zulayho Mahkamova o‘rnini egalladi.

'Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Dilnozaxon Kattaxonova 1991 yil 2 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. U 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini bakalavr bosqichi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2016–2017 yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida boshlagan.

2017 yil 5 iyul kuni Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari etib saylangan.

Shuningdek, 2018 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

2020 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan Dilnozaxon Kattaxonova 2023 yil 20 dekabrdan boshlab agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar

    Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi - Darakchi.uz