AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonga juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Mutaxassislar aholidan kunning eng issiq vaqtlarida ochiq havoda uzoq qolmaslik, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish hamda zarurat bo‘lmasa, tashqariga chiqmaslikni so‘ramoqda.

'O‘zbekistonga juda issiq havo oqimlari kirib keladi'ning rasmi

13–17 iyul kunlari O'zbekiston hududiga janub tomondan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O'zgidromet ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, eng issiq kunlarda respublika hududining katta qismida havo harorati 41–43 darajagacha ko'tariladi.

Shimoliy, janubiy va cho'l hududlarida esa harorat 44–46 darajagacha yetishi mumkin.

Shuningdek, ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ba'zi hududlarda esa chang-to'zonlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekistonga juda issiq havo oqimlari kirib keladi - Darakchi.uz