AsosiySport

YeChL: “Arsenal” finalga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi

Ma'lumot uchun, 2025–2026 yilgi Chempionlar ligasi final uchrashuvi 30 may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tadi.

'YeChL: “Arsenal” finalga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 5 may kuni UEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Arsenal” jamoasi Madridning “Atletiko Madrid” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lim so‘ngida londonliklar oldinga chiqib oldi. Yagona gol 44-daqiqada Bukayo Saka tomonidan kiritildi.

Ikkinchi bo‘limda madridliklar hisobni tenglashtirish uchun faol harakat qildi, biroq “kanonirlar” himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatib, ustunlikni saqlab qoldi.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Arsenal» musobaqa finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi.

Ikkinchi finalchi nomi bugun, 6 may kuni Myunxenning “Bavariya” hamda Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar