Xitoy harbiy olimlari quvvati 100 gigavattga etadigan mikrotolqinli qurolni ishlab chiqib, sinovdan o'tkazgani haqida xabar berildi.
South China Morning Post ma'lumotiga ko'ra, mazkur qurilma AQSh sun'iy yo'ldoshlari, jumladan, Starlink tarmog'i elektronikasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, sun'iy yo'ldoshlarni ishdan chiqarish uchun odatda 1 gigavatt quvvatli impuls yetarli bo'lishi mumkin. Xitoylik olimlar esa bu ko'rsatkichni 100 gigavattgacha oshirganini bildirgan.
Ekspertlar mikrotolqinli zambaraklar Xitoyga Pentagonning qimmatbaho kosmik infratuzilmasini kam mablag' sarflagan holda butunlay yo'q qilish imkonini berishini ta'kidlashmoqda.
Qayd etilishicha, yangi texnologiya yuqori quvvatli impulslarni tez ishga tushirish imkonini beradi va sovuq sharoitlarda ham ishlashga moslashtirilgan.






