AsosiyDUNYO

Ugandada qurg‘oqchilik oqibatida 16 kishi ochlikdan vafot etdi

Qurg‘oqchilik makkajo‘xori, jo‘xori va soya ekinlariga jiddiy zarar yetkazib, minglab oilalarni tirikchilik manbaidan mahrum qilgan.

'Ugandada qurg‘oqchilik oqibatida 16 kishi ochlikdan vafot etdi'ning rasmi

Ugandaning Karmoja mintaqasida uzoq davom etgan qurg‘oqchilik oqibatida kamida 16 nafar mahalliy aholi ochlikdan vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aprel oyidan buyon deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmagani sababli hosil to‘liq nobud bo‘lgan. Qurg‘oqchilik makkajo‘xori, jo‘xori va soya ekinlariga jiddiy zarar yetkazib, minglab oilalarni tirikchilik manbaidan mahrum qilgan.

Uganda bosh vaziri Robina Nabbanja hukumat jabrlangan hududlarga qo‘shimcha oziq-ovqat yetkazib berish choralarini ko‘rayotganini, dastlabki gumanitar yordam allaqachon tarqatila boshlanganini bildirdi.

Mutaxassislar mintaqada takrorlanayotgan gumanitar inqirozlarni iqlim o‘zgarishi, o‘rmonlarning kesilishi va chorva mollarining me’yordan ortiq boqilishi bilan izohlamoqda.

    Boshqa yangiliklar