AsosiyDUNYO

Qatar sobiq amiridan ayrildi

Qatarniy 18 yil davomida boshqargan sobiq amir Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

'Qatar sobiq amiridan ayrildi'ning rasmi

Qatarni 18 yil davomida boshqargan sobiq amir Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qatar amiri devoni o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Devon bayonotida sobiq amir mamlakat uchun katta yo‘qotish ekani ta’kidlanib, uning bugun ertalab vafot etgani bildirilgan.

Hamad bin Xalifa Ol Soniy 1952 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1995 yilda Qatar rahbariga aylangan. Uning hukmronligi davri mamlakatda islohotlar va modernizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Uning davrida 2004 yilda Qatarning birinchi doimiy konstitutsiyasi qabul qilingan. Sobiq amir 2013 yilda taxtdan ixtiyoriy ravishda voz kechib, hokimiyatni o‘g‘li — hozirgi amir Tamim bin Hamad Ol Soniyga topshirgan.

    Boshqa yangiliklar

    Qatar sobiq amiridan ayrildi - Darakchi.uz