Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonning yetti hududida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayadi. Ayrim joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet avvalroq 13–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi munosabati bilan ogohlantirish e’lon qilgan edi.






