AsosiyDUNYO

Xitoyga qaramlikni kamaytirish G‘arbga 23,6 trillion dollarga tushishi mumkin

Ta'kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi uchun bunday xarajatlar amalda yillik byudjet hajmini qariyb ikki baravar oshirishga teng.

'Xitoyga qaramlikni kamaytirish G‘arbga 23,6 trillion dollarga tushishi mumkin'ning rasmi

AQSh va Yevropa mamlakatlarining muhim texnologik hamda ishlab chiqarish tarmoqlarida Xitoyga qaramlikni kamaytirish kelgusi 25 yil davomida 23,6 trillion dollar miqdorida qo‘shimcha investitsiyalarni talab qilishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Nashr keltirgan hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga qadar AQShga 13,7 trillion dollar, yevro hududi mamlakatlariga 9,1 trillion dollar, Buyuk Britaniyaga esa 800 milliard dollarlik investitsiya zarur bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi uchun bunday xarajatlar amalda yillik byudjet hajmini qariyb ikki baravar oshirishga teng.

Hisobot mualliflari Xitoy mahsulotlaridan to‘liq voz kechish amalda deyarli imkonsizligini qayd etgan. Buning asosiy sababi Xitoyning litiy va kobaltning 60 foizdan ortiq qismi, shuningdek, grafit va nodir yer metallarining qariyb 80 foizi ta’minotini nazorat qilishi bilan izohlangan.

Shu bilan birga, Xitoyda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘plab mahalliy muqobillariga nisbatan arzonligi qayd etilgan. Mutaxassislar fikricha, ularni boshqa mahsulotlar bilan almashtirish inflyatsiya sur’atlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Xususan, Yevropada ayrim strategik tarmoqlarda narxlar 1–2,5 foizga qimmatlashi ehtimoli mavjud.

Ekspertlar eng maqbul yechim sifatida "qisman ajralish" strategiyasini taklif etmoqda. Unga ko‘ra, eng zaif ta’minot zanjirlarini mustahkamlash maqsadida aniq yo‘nalishlarga investitsiya kiritish orqali davlat va xususiy sektor zimmasiga tushadigan moliyaviy yukni sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar