Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand AQShning Texas shtati, Dallas shahridagi "Yovvoyi G'arb" uslubidagi kiyim-kechak va suvenirlar do'konida qariyb 10 ming dollarlik xarid qildi. Bu haqda TMZ nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, Jahon chempionatining chorak finalida Angliyaga qo'shimcha bo'limlarda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan Norvegiya terma jamoasi dushanba kuni kechqurun Osloga qaytgan.
Qayd etilishicha, Holand ijtimoiy tarmoqlarda samolyotdan tushayotganida qo'lida to'ldirilgan yenot o'yinchog'ini ushlab turgan suratini ham e'lon qilgan.
Manbaga ko'ra, norvegiyalik futbolchi mazkur noodatiy suvenirlarni Dallas shahridagi kovboy uslubidagi kiyimlar va esdalik buyumlari sotiladigan do'kondan sotib olgan. Do'kon egasining so'zlariga ko'ra, Holand va uning jamoadoshlari u yerda qariyb bir yarim soat vaqt o'tkazgan.
Futbolchilar kovboy shlyapalari, yenot terisidan tayyorlangan bosh kiyimlar, etiklar, kamarlar va ko'ylaklar xarid qilgan. Shuningdek, ularga to'ldirilgan olmaxon o'yinchoqlari ham yoqqan.
Ma'lum qilinishicha, yumshoq o'yinchoqlarning narxi 450 dollardan 750 dollargacha bo'lgan. Nashrning yozishicha, do'konda amalga oshirilgan barcha xaridlar uchun to'lovni Erling Holandning o'zi to'lagan.






