Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ijtimoiy tarmoqlarda bir-birining surati tushirilgan futbolkalarda tushgan qo‘shma suratlarini e’lon qildi.
Bibisora Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida joylashtirgan suratlarda u Javohir Sindorovning surati va "Mening sevimli grossmeysterim" degan yozuv tushirilgan futbolkani kiygan holda aks etgan. Javohir Sindorov esa Bibisora Asaubayevaning surati tushirilgan hamda "Yana bir “malika”ni qo‘lga kiritdim" degan yozuv bitilgan futbolkada ko‘rinish bergan.
"Javohir uchun eng mashhur muxlislar izohlaridan biridan foydalandim", deb yozdi Asaubayeva suratlarga izoh qoldirib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisora Asaubayeva Norvegiyada o‘tkazilgan shaxmat turnirida g‘olib bo‘lganidan keyin u va Javohir Sindorov Monakoda bo‘lib o‘tgan "Formula-1" poygasini birgalikda tomosha qilgan edi. Keyinroq ular Fransiyaning Parij shahridagi «Dizneylend» istirohat bog‘iga ham birgalikda tashrif buyurgan.






