Bugun, 16 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan xususiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:05 da Shayxontohur tumani Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan xususiy xonadonda yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari soat 10:10 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 10:23 da qurshab olinib, soat 10:28 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






