Ma'lum qilinishicha, 18–20 iyul kunlari ham mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo oqimi kirib keladi. Shu munosabat bilan respublika bo'ylab havo harorati yanada ko'tarilishi kutilmoqda.
Sinoptiklar prognoziga ko'ra, kunduzi havo harorati 43–45 darajagacha, ayrim hududlarda esa 48 darajagacha yetishi mumkin.
O'zgidromet aholidan kunning eng issiq soatlarida imkoni boricha ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslik, ko'proq suyuqlik iste'mol qilish hamda quyosh nurlari ta'siridan ehtiyot bo'lishni tavsiya etmoqda.






