AsosiyDUNYO

Jahon chempionati taqdirlash marosimida Tramp, Sheynbaum va Karni ishtirok etdi

Donald Trump va Janni Infantino futbolchilarga medallarni topshirdi.

'Jahon chempionati taqdirlash marosimida Tramp, Sheynbaum va Karni ishtirok etdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati g'olibi Ispaniya terma jamoasini taqdirlash marosimida AQSh prezidenti Donald Tramp, FIFA prezidenti Janni Infantino, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Kanada Bosh vaziri Mark Karni ishtirok etdi.

Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan "MetLayf" stadionida o'tkazilgan final uchrashuvida Ispaniya Argentina ustidan qo'shimcha bo'limlarda 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo'ldi.

Taqdirlash marosimida Donald Tramp va Janni Infantino futbolchilarga medallarni topshirdi. Shundan so'ng ular Ispaniya terma jamoasi sardori Rodriga Jahon chempionati kubogini taqdim etdi.

Marosimda AQSh prezidenti yonida Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Kanada Bosh vaziri Mark Karni ham bo'ldi. Ular Ispaniya terma jamoasini tarixiy g'alaba bilan tabrikladi.

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazildi. Musobaqa finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi. G'alaba goliga Ferran Torres mualliflik qildi.

    Boshqa yangiliklar