2026 yilning yanvar–iyun oylarida 3,5 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga borgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming nafarga oshgan.
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar quyidagilardan iborat:
- Qirg‘iziston — 1 547 589 nafar;
- Qozog‘iston — 667 722 nafar;
- Tojikiston — 619 515 nafar;
- Rossiya — 183 759 nafar;
- Saudiya Arabistoni — 153 591 nafar;
- Turkiya — 127 241 nafar;
- Birlashgan Arab Amirliklari — 41 780 nafar;
- Xitoy — 36 502 nafar;
- Misr — 25 905 nafar;
- Vyetnam — 23 409 nafar.






