AsosiyJAMIYAT

JCH-2026: Lamin Yamalning uch yoshli ukasi finaldan keyin “yulduz” ga aylandi

Keyn Ispaniya terma jamoasining JCH-2026dagi barcha uchrashuvlarida ishtirok etgan.

'JCH-2026: Lamin Yamalning uch yoshli ukasi finaldan keyin “yulduz” ga aylandi'ning rasmi

Ispaniya terma jamoasi JCh-2026 finalida Argentina ustidan g'alaba qozonib, chempionlikni nishonlayotgan bir paytda e'tiborni nafaqat Lamin Yamal, balki uning uch yoshli ukasi Keyn ham o'ziga tortdi.

Final hakami yakuniy hushtakni chalganidan so'ng kichik Keyn maydonga tushdi. U orqasida akasi Yamalning familiyasi va 19-raqami tushirilgan futbolkada edi. Keyn maydonda akasi tomon yugurib borib, uni bag'riga bosdi.

Argentinaga qarshi finaldan so'ng Keyn o'zini haqiqiy yulduzdek tutdi. U akasi bilan quchoqlashdi, chempionlik kubogi bilan o'ynadi, fotografrlarga suratga tushdi va hatto maydon atrofida xavfsizlikni ta'minlayotgan politsiya xodimining furajkasini ham kiyib ko'rdi.

Ispaniya matbuoti allaqachon uni "musobaqaning asosiy kashfiyoti" deb atagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bolaning samimiyligi va kamera oldida o'zini erkin tutishini olqishlamoqda. Keynning Ispaniya g'oliga munosabati aks etgan videolardan biri uch soat ichida qariyb 2 million marta ko'rilgan.

Keyn — Lamin Yamalning onasi bir, otasi boshqa bo'lgan ukasi. U 2022 yil sentyabrda tug'ilgan. Lamin Yamal bir necha bor kichik ukasi "u uchun hamma narsa" ekanini, hatto uni "o'g'limdek" ko'rishini aytgan.

Keyn Ispaniya terma jamoasining JCh-2026dagi barcha uchrashuvlarida ishtirok etgan. U allaqachon akasi bilan birga Yevro-2024 va JCh-2026dagi chempionlik shodliklarini ham boshdan kechirdi.

    Boshqa yangiliklar