Bugun, 21 iyul kuni O'zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esishi va chang-to'zon ko'tarilishi mumkin. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kunduzi respublika hududining ba'zi joylarida shamol tezligi 13–18 metr/soniagacha kuchayadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg'ona viloyatlarining ayrim hududlarida esa shamol tezligi ba'zi vaqtlarda 20–22 metr/soniagacha yetishi mumkin. Kuchli shamol chang-to'zon bilan birga kuzatiladi.
Toshkent shahrida ham shamol tezligi 12–14 metr/soniagacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to'zon ko'tarilishi kutilmoqda.






