AsosiyJAMIYAT

Afg'onistonda kuchli suv toshqini: 20 kishi halok bo'ldi, 100 dan ortiq odam bedarak yo'qolgan.

Afg'onistonda kuchli yog'ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari og'ir oqibatlarga olib keldi.

'Afg'onistonda kuchli suv toshqini: 20 kishi halok bo'ldi, 100 dan ortiq odam bedarak yo'qolgan.'ning rasmi

Tabiiy ofat natijasida kamida 20 kishi halok bo'lgan, 100 dan ortiq odam bedarak yo'qolgan. 80 dan ziyod fuqaro jarohatlangan.

Eng ko'p zarar Nuriston viloyati markazi Parun shahriga etgan. Suv toshqini uylar, do'konlar va ma'muriy binolarni vayron qilgan.

Mahalliy rasmiylar mamlakatning ayrim hududlarida kuchli yomg'ir va suv toshqinlari davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar