Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, qurilish va investitsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani qayd etildi.
Davlat rahbari bugungi global o‘zgarishlar sharoitida viloyat, tuman va shaharlarga tadbirkorlik hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun ko‘proq mablag‘ ajratilayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, har bir vazir va hokimning faoliyati odamlarning turmushida sezilmasa, tadbirkorlarning og‘irini yengil qilmasa, bunday natija faqat "qog‘ozdagi raqam" bo‘lib qolishi aytildi.
Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi qat’iy ta’kidlandi.






