AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyev banklarning mahallalardagi faoliyatidan norozi bo‘ldi

Davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi.

'Shavkat Mirziyoyev banklarning mahallalardagi faoliyatidan norozi bo‘ldi'ning rasmi

Shu munosabat bilan Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari hamda davlat banklari filiallari boshliqlari faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirildi.

Viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun joriy yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi. Keyingi uch oyda natija ko‘rsatgan rahbar o‘z lavozimida qoladi, o‘zgarish qila olmaganlar esa lavozimidan ozod etiladi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada qanday ishlar amalga oshirilayotgani va qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, mahallalardagi obodlik, yashash madaniyati va hovlilar bilan ishlash masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar