Ma'lum qilinishicha, kelgusi 10 yilda energetika infratuzilmasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollar talab etiladi.
Shu bilan birga, tarmoqlardagi yo'qotishlarni kamaytirish orqali daromadni oshirish bo'yicha yetarlicha ish olib borilmayotgani qayd etildi.
Joriy yilning birinchi yarmida elekt energiyasi yo'qotishlari 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan.
Gaz tarmog'idagi yo'qotishlar esa 7,6 foizga, ya'ni 797 million kub metrga yetgan. Hududiy gaz tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi qo'shni davlatlarga nisbatan 1,5–2 barobar pastligi aytildi.
"Franklin Templeton" tahlillariga ko'ra, "Hududiy elekt tarmoqlari" kompaniyasining bozor qiymatini ikki barobarga oshirish mumkin.
Shuningdek, "Uzbekistan Airways" bozor qiymatini 40 foizga, "O'zbektelekom"nikini esa 50 foizga oshirish imkoniyati borligi qayd etildi.






