AsosiyJAMIYAT

Venesuelada hantavirus yuqtirgani tasdiqlangan 3 kishi vafot etdi

Infeksiya, odatda, yopiq joylarda kemiruvchilarning siydigi, axlati yoki so‘lagi zarrachalarini nafas orqali yutish natijasida yuqishi mumkin.

'Venesuelada hantavirus yuqtirgani tasdiqlangan 3 kishi vafot etdi'ning rasmi

Venesuelaning sharqiy qismida joylashgan Ansoategi shtatida hantavirus yuqtirgani tasdiqlangan 3 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning 21 iyul kuni tarqatgan bayonotiga ko‘ra, Barinas shtatida vafot etgan yana 2 nafar tibbiyot xodimining o‘limi Ansoategi shtatidagi holatlar bilan bog‘liq emas. Ularning o‘lim sabablari hozirda tekshirilmoqda.

Qayd etilishicha, har ikki holat ham alohida voqealar bo‘lib, jamoat salomatligiga xavf tug‘dirmaydi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hantavirus asosan qishloq va qishloq xo‘jaligi hududlarida yashovchi kemiruvchilar orqali yuqadi. Infeksiya, odatda, yopiq joylarda kemiruvchilarning siydigi, axlati yoki so‘lagi zarrachalarini nafas orqali yutish natijasida yuqishi mumkin.

"Mamlakatimizda hantavirusning odamdan odamga yuqishi bo‘yicha ilmiy dalillar mavjud emas", deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) kruiz kemasi bilan bog‘liq hantavirus avj olishiga qarshi choralar yakunlanganini ma’lum qilgan edi. Ushbu holatda 3 kishi vafot etgan.

CDC ma’lumotiga ko‘ra, mazkur avj olish holatida aniqlangan And hantavirusi odamdan odamga yaqin va uzoq muddatli muloqot orqali yuqishi mumkin bo‘lgan yagona ma’lum hantavirus hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar