Navoiy viloyatidagi konlardan birida avtoag‘dargich va xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda xizmat avtomobilida bo‘lgan 2 nafar ishchi halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 21 iyul kuni soat 05:30 larda kon hududida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasiga avtoag‘dargich va xizmat avtomobili to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, mas’ul davlat tashkilotlari tomonidan maxsus tekshiruv o‘tkazilib, voqeaning barcha holatlari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Kombinatning mas’ul xizmatlari tomonidan bunday noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.






