AQSh Venesuela nefti savdosi ustidan nazoratni qo‘lga olganidan so‘ng mamlakat nefti eksportidan taxminan 13 milliard dollar yig‘gan. Biroq ushbu mablag‘larning qayerga sarflangani haqida juda kam ma’lumot berilmoqda.
Vashington dastlab mablag‘larni Venesuela manfaatlari yo‘lida ishonchli boshqaruvda saqlashini bildirgan. Biroq shundan so‘ng AQSh rasmiylari mablag‘larning taqdiri yuzasidan turli bayonotlar bergan.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Amerika Venesuela neftidan "katta pul ishlayotgani"ni aytgan bo‘lsa, AQSh Davlat departamenti milliardlab dollar miqdoridagi mablag‘ qat’iy nazorat ostida Venesuelaga qaytarilganini bildirmoqda.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha rasman faqat 300 million dollar haqida ma’lumot berilgan.
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, Venesuela iqtisodiyotining kutilganidan sekinroq tiklanyotgani neft tushumlarining katta qismi mamlakatga yetib bormagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda AQSh tomonidan yig‘ilgan 13 milliard dollarlik neft tushumlarining taqdiriga oid aniq va to‘liq ma’lumotlar ochiqlanmagan.






