AsosiyJAMIYAT

Andijonda uyini qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi

Ma'lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida xonadonidan birida qimor o'yinlari muntazam ravishda tashkil etib kelinagani aniqlangan.

'Andijonda uyini qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashash xonadonida noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etib kelgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida xonadonidan birida qimor o‘yinlari muntazam ravishda tashkil etib kelinagani aniqlangan.

Tadbir chog‘ida qimor o‘yinlari o‘tkazilgan joydan 3 million 297 ming so‘m naqd pul hamda o‘yin kartalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar