"Bahor" davlat raqs ansamblining yetakchi raqqosalaridan biri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Nasiba Madraimova 23 iyul kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.
Nasiba Madraimova o'zbek milliy raqs san'ati maktabining yorqin namoyandalaridan biri bo'lib, uzoq yillar davomida Mukarram Turg'unboeva nomidagi mashhur "Bahor" davlat raqs ansamblida samarali ijod qilgan.
U nafaqat sahnadagi mahorati, balki ko'plab yosh raqqosalarga milliy raqs san'ati sirlarini o'rgatgan tajribali ustoz sifatida ham e'tirof etilgan.






