Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni ayrim hududlarda +42 darajagacha yetishi mumkin. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yakshanba kuni respublika bo‘yicha havo harorati +36…+39 daraja, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +40…+42 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 metr/soatgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.
24 iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari xavfi saqlanib qoladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati +35…+37 daraja, yakshanba kuni esa +36…+38 daraja atrofida bo‘ladi.






