AsosiyJAMIYAT

OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi: abiturientlar endi yo'nalish tanlaydi

Ma'lum qilinishicha, test sinovlarining so'nggi, 10-kunida respublika bo'yicha 45 ming nafardan ziyod abiturient ishtirok etgan.

'OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi: abiturientlar endi yo'nalish tanlaydi'ning rasmi

Kecha, 23 iyul kuni davlat oliy taʼlim va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, test sinovlarining soʻnggi, 10-kunida respublika boʻyicha 45 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etgan. Bu kuni test sinovlari tartib-qoidalarini buzgan abituriyentlar aniqlanmagan.

10 kun davom etgan imtihonlarda ishtirok etishi belgilangan 664 ming 609 nafar abituriyentning 610 ming nafardan ziyodi test sinovlarida qatnashgan. Test sinovlari tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent esa jarayondan chetlashtirilgan.

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qilishicha, test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun, 24 iyul kuni imtihonlarning 10-kuni natijalari eʼlon qilingach, 25 iyuldan 8 avgustga qadar ikkinchi bosqich tanlovida ishtirok etishi mumkin.

Ushbu bosqichda abituriyentlar oliy taʼlim muassasalari, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakllari va ustuvorliklarini tanlaydi.

Yakuniy mandat natijalari ikkinchi bosqich tanlovi yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinishi aytilgan.

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida barcha fanlar boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, oliy taʼlim muassasalariga qabul tanlovining keyingi bosqichiga oʻtkazilgan.

    Boshqa yangiliklar

    OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi: abiturientlar endi yo'nalish tanlaydi - Darakchi.uz