AsosiyJAMIYAT

Chirchiqda Lacetti daraxtga urilib, haydovchi halok bo‘ldi

Lacetti avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

'Chirchiqda Lacetti daraxtga urilib, haydovchi halok bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Lacetti avtomobili ishtirokida sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo'ldi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB ma'lum qilishicha, voqea 24 iyul kuni soat 06:30 atrofida D006 Toshkent Chirchiq Chimyon avtomobil yo'lining 27 kilometrida sodir bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, 1995 yilda tug'ilgan A.D. Lacetti avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo'qotib, yo'l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda 31 yoshli haydovchi og'ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Avtomobilda bo'lgan yo'lovchilar esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Chirchiqda Lacetti daraxtga urilib, haydovchi halok bo‘ldi - Darakchi.uz