Yoʻllardagi avariyalar oqibatida 3 306 nafar inson jabrlangan. Eng koʻp YTH Toshkent shahrida, eng kami esa Buxoro viloyatida qayd etilgan.
2026 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 2 286 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
YTHlar oqibatida 3 306 nafar fuqaro jabrlangan.
Hududlar kesimida eng koʻp yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahrida qayd etilgan — 420 ta. Keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati — 311 ta, Toshkent viloyati — 271 ta va Fargʻona viloyati — 218 ta.
Eng kam YTH Buxoro viloyatida qayd etilgan — 48 ta.






