AsosiyJAMIYAT

Andijonda tropikamidni 25 mln so‘mga sotayotgan 3 nafar shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Andijonda tropikamidni 25 mln so‘mga sotayotgan 3 nafar shaxs ushlandi'ning rasmi

Andijon shahrida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga aloqador uch nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 1988, 1996 va 1997 yillarda tug'ilgan uch nafar shaxs oldindan til biriktirgan holda 90 dona tropikamid nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini 25 million so'mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Gumonlanuvchilar boshqaruvidagi avtomobillar xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, ulardan yana 44 dona tropikamid topilgan. Dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Andijonda tropikamidni 25 mln so‘mga sotayotgan 3 nafar shaxs ushlandi - Darakchi.uz