AsosiyJAMIYAT

"Bola puli" va nafaqalarning yangi miqdorlari e'lon qilindi

2026 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalarining yangi miqdorlari amal qilmoqda.

'"Bola puli" va nafaqalarning yangi miqdorlari e'lon qilindi'ning rasmi

Yangi tartibga ko‘ra, 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun bolalar nafaqasi 386 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun esa 295 ming so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha 177 ming so‘m, uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun esa 118 ming so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi.

Moddiy yordam miqdori 450 ming so‘mni tashkil etadi. Yoshga doir nafaqa hamda nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga to‘lanadigan yoshga doir nafaqa 878 ming so‘m etib belgilangan.

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqa 1 million 209 ming so‘m, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa 1 million 83 ming so‘mni tashkil qiladi.

Mazkur o‘zgarishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar