Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Buxoro va Navoiy viloyatlari, shuningdek, tog‘li hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi ehtimoli bor.
Avvalroq O‘zgidromet avgust oyi O‘zbekistonda quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qilgan edi. Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilmoqda.






