Bosniya va Gersegovinada joylashgan, dunyodagi eng mashhur katolik ziyoratgohlaridan biri sanalgan Medjugoryeda vandalizm va ot qoyish holati sodir boldi. Hodisa har yili otkaziladigan va bu yil 50 mingga yaqin ziyoratchi qatnashishi kutilgan ibodat festivali arafasida yuz bergan.
Vatican News xabariga kura, 27 iyul kuni tongda politsiya Apparishn tepaligida (Podbrdo) urnatilgan Bibi Maryam haykalining yuzi va qollari qora boyoq bilan boyalganini aniqlagan. Haykal poydevoriga ingliz tilidagi "Devil in a Skirt" ("Yubkadagi shayton") degan haqoratli yozuv bitilgan. Shuningdek, atrofda boshqa graffitilar ham qoldirilgan.
Qayd etilishicha, Avliyo Jeyms cherkovi yaqinidagi ochiq osmon ostida joylashgan qurbongohga benzin sepilib, unga ot qoyilgan. Kuzatuv kameralari tasvirlarida bir erkak qurbongohni yoqib yuborayotgani aks etgan. Yongin qisqa vaqt ichida ochirilgan bolsa-da, ibodatgohga zarar yetgan.
Hodisa yuzasidan bir nafar gumonlanuvchi qolga olingan. Uning shaxsi hozircha ochiqlanmagan. Tergovchilar ushbu shaxsning mazkur hujum hamda osha kecha ziyoratgoh hududida sodir etilgan boshqa vandalizm holatlariga aloqadorligini organmoqda.






