O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 iyul kuni amaliy tashrif bilan Qozog'iston poytaxti Ostona shahriga jo'nab ketdi.
Ma'lum qilinishicha, tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ostona shahrida bo'lib o'tadigan "Kelajak o'yinlari" uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqa innovatsion texnologiyalar va sportni o'zida uyg'unlashtirgan yirik xalqaro tadbirlardan biri hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan kelgan sportchilar va raqamli sport yo'nalishidagi ishtirokchilar bellashadi.






