Ma'lum qilinishicha, voqea 25 iyul kuni “Meni qutqaring” yovvoyi hayvonlar boshpanasida sodir bo'lgan. 1982 yilda tug'ilgan erkak qo'riqlanadigan hududga noqonuniy kirib, Marusya laqabli silovsin bilan “gaplashishga” harakat qilgan.
Boshpana xodimlari xavfsizlik xizmati va 112 xizmatiga murojaat qilgan. Hodisa joyiga etib kelgan xodimlarga erkak o'zini “Interpol payvandchisi” deb tanishtirgan. Uning mast holatda bo'lgani, boshpanaga esa tanishini izlab kelgani aniqlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga nisbatan Rossiya Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining mayda bezorilikka oid moddasi bo'yicha ish qo'zg'atgan. Sud qarori bilan unga 500 rubl miqdorida jarima tayinlangan.
Boshpana rahbari Karen Dallakyannning aytishicha, hodisadan keyin Marusya kuchli stressni boshdan kechirgan. Shu munosabat bilan boshpana ma'muriyati yovvoyi hayvonlar saqlanadigan hududlarda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirgan.






