AsosiyJAMIYAT

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro golf klubi ochilishida ishtirok etdi

Tadbir davomida davlat rahbarlari yangi majmuada yaratilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdi.

'Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro golf klubi ochilishida ishtirok etdi'ning rasmi

Qirg‘iz Respublikasining Cholponota shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari bilan birgalikda Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlat rahbarlari yangi majmuada yaratilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, mazkur golf klubi nafaqat ushbu sport turini ommalashtirish, balki mamlakatda sport turizmini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Yetakchilar Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va qardosh qirg‘iz xalqini yangi obyektning foydalanishga topshirilgani bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

    Boshqa yangiliklar