AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ikki ko‘cha uch kunga yopildi

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qilishicha, cheklovlar 2026 yil 31 iyul soat 23:00 dan 3 avgust soat 22:00 gacha amal qiladi.

'Toshkentda ikki ko‘cha uch kunga yopildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasida asfalt yotqizish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlanishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qilishicha, cheklovlar 2026-yil 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 gacha amal qiladi.

Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi yo‘l uchastkalari barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi:

Oqqo‘rg‘on ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

Parkent ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Ma’lum qilinishicha, harakat cheklovlari asfalt yotqizish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Mas’ullar haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.

    Boshqa yangiliklar