AsosiyDUNYO

AQSh va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyni izlashmoqda.

Manbalarga ko‘ra, u xavfsiz bunkerda yashirinib, tashqi dunyo bilan vositachilar orqali aloqa qilayotgan bo‘lishi mumkin.

'AQSh va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyni izlashmoqda.'ning rasmi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Isroilning Mossad razvedka xizmati Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiyning qayerdaligini aniqlashga urinayotgani aytilmoqda. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy so‘nggi 150 kundan ortiq vaqt davomida omma oldida ko‘rinmagan va telefon hamda boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanmagan.

Manbalarning ta’kidlashicha, u xavfsizligi kuchaytirilgan bunkerda bo‘lishi va tashqi dunyo bilan faqat vositachilar orqali muloqot qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Mossadning sobiq yuqori martabali xodimi Rami Igraning aytishicha, Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyning joylashuvini aniqlash uchun Erondagi agentura tarmog‘idan foydalanmoqda. Uning fikricha, elektron aloqa bo‘lmasa ham, rahbariyat bilan bog‘lanishda ishtirok etayotgan kuryerlar va vositachilar kuzatuv markazida turibdi.

Shu bilan birga, tahlilchilar Mujtabo Xomanaiyning uzoq vaqt jamoatchilikdan chetda qolishi Eron rahbariyati ichidagi ayrim guruhlar ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

    Boshqa yangiliklar