AsosiyJAMIYAT

Qamchiq dovonidagi YTHda ikki avtomobil yonib ketdi

To'qnashuv oqibatida yong'in chiqib, har ikki transport vositasi to'liq yonib ketgan.

'Qamchiq dovonidagi YTHda ikki avtomobil yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 2 avgust kuni ertalab Qamchiq dovonidagi A-373 avtomobil yo‘lining 168-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, Toshkent–vodiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu yuk avtomobili texnik nosozlik sabab yo‘l chetida to‘xtagan. Ortidan kelayotgan Epica haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in chiqib, har ikki transport vositasi to‘liq yonib ketgan. Hodisada Epica haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar va YHXX xodimlari ish olib borib, harakat xavfsizligini ta’minlagan.

    Boshqa yangiliklar

    Qamchiq dovonidagi YTHda ikki avtomobil yonib ketdi - Darakchi.uz