AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi qurilish obyektida yer o‘pirilishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy ma'lumot taqdim etilishi ma'lum qilindi.

'Toshkentdagi qurilish obyektida yer o‘pirilishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Orzu” mavzesida joylashgan qurilish ob’ektida yer o‘pirilishi sodir bo‘lgani va bir nafar fuqaro jabrlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan va belgilangan tartibda tekshiruv ishlari boshlangan.

Tekshiruv jarayonida yer o‘pirilishiga sabab bo‘lgan omillar, baxtsiz hodisaning kelib chiqish holatlari, shuningdek, mas’ul shaxslarning harakatlari atroflicha o‘rganiladi.

    Boshqa yangiliklar