AsosiyJAMIYAT

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi

Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari keng e’tirof etilayotganini hamda mamlakat olib borayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatga xalqaro hamjamiyat yuksak baho berayotganini ko‘rsatadi.

'BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi'ning rasmi

BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi

Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig'ilishida "Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to'g'risida"gi rezolyutsiya a'zo davlatlarning mutlaq ko'pchilik ovozi bilan qabul qilindi.

Mazkur tashabbus ilk bor O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Keyingi yillarda O'zbekiston diplomatik korpusining izchil sa'y-harakatlari natijasida ushbu g'oya xalqaro hujjat shakliga keltirildi va keng qo'llab-quvvatlandi.

Rezolyutsiyada Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o'tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi hamda unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi alohida e'tirof etilgan.

Hujjatda parlamentlar faoliyatida xotin-qizlar va yoshlar ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Rezolyutsiyani qabul qilish uchun o'tkazilgan ovoz berish jarayonida 167 ta davlat uni qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, dunyoning 61 davlati, jumladan Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya O'zbekiston tashabbusining hammuallifi sifatida qatnashdi.

    Boshqa yangiliklar