AsosiyJAMIYAT

“Andijon suv ta’minoti” AJ filiali boshlig‘i 8,5 ming dollar bilan ushlandi.

Andijon viloyatida “Andijon suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Jalaquduq tumani filiali boshlig‘i ushlandi.

'“Andijon suv ta’minoti” AJ filiali boshlig‘i 8,5 ming dollar bilan ushlandi.'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda filial rahbari K.T.ga oid holat aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, K.T. fuqaro B.A.ning Jalaquduq tumani “Tuyalas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart olib berishni va’da qilgan.

Tezkor tadbir davomida K.T.ning topshirig‘iga ko‘ra, ushbu xizmat uchun 8,5 ming AQSh dollarini fuqaro M.Sh. olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar