AsosiyJAMIYAT

Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan dam olish maskani aniqlandi

Farg'ona tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo'yildi.

'Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan dam olish maskani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro N.Sh.ga qarashli oilaviy dam olish maskanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelingani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 602 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar