AsosiyJAMIYAT

Toshkentda uydan majburiy chiqarib yuborilganlik haqidagi murojaat o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro R. Payanov va boshqalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan uydan majburiy ravishda chiqarib yuborilgani haqida murojaat yo‘lladi.

'Toshkentda uydan majburiy chiqarib yuborilganlik haqidagi murojaat o‘rganilmoqda'ning rasmi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lum qilinishicha, holat joyiga chiqqan holda murojaat mualliflari hamda “MEGA LOGISTICS SERVICE” MChJ vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tegishli shaxslardan tushuntirish va arizalar qabul qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu murojaat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qonunchilik doirasida tegishli qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar