Bu haqda Krasnodar o‘lkasi hokimiyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hujum Krasnodar o‘lkasidagi Gelendjik shahri yaqinida joylashgan Arxipo-Osipovka qishlog‘idagi fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan.
Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyev voqeani “fojia” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron parchalari tushishi oqibatida 4 kishi vafot etgan, yana 10 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga ofatlar tibbiyoti bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislar guruhi yuborilgan. Jarohat olganlar orasida ikki nafar katta yoshli inson va bir nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ammo mustaqil ravishda tasdiqlanmagan videolarda dron sohil hududiga kelib urilgani va ortidan kuchli portlash sodir bo‘lgani aks etgan.
Hozircha Ukraina tomoni mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan. Kiyev va Moskva rasmiylari avval ham fuqarolarni ataylab nishonga olmasligini ta’kidlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Belgorod shahridagi dronlar ishlab chiqariladigan universitetga zarba berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.






