Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa ikki yo‘lovchi avtobus ishtirokida yuz bergani, to‘qnashuv oqibatida transport vositalariga shikast yetganini ko‘rish mumkin.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma'lumot berilmagan. Shuningdek, YTH qanday sharoitda sodir bo‘lgani hamda unga nima sabab bo‘lganiga oid ma'lumotlar ochiqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda poytaxtda jamoat transporti ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari tez-tez kuzatilmoqda. Mutasaddi idoralar haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirib kelmoqda.






