AsosiyJAMIYAT

Turkiyada o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi to‘satdan vafot etdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Turkiyada o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi to‘satdan vafot etdi'ning rasmi

Turkiyaning Bursa viloyatida mehnat qilib kelgan O‘zbekiston fuqarosi, 36 yoshli Oybek Niyozov to‘satdan vafot etdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oybek Niyozov Bursa viloyatining Inego‘l tumani davlat shifoxonasining palliativ yordam bo‘limida bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Xabarlarga ko‘ra, 3 avgustdan 4 avgustga o‘tar kechasi, taxminan soat 03:00 larda uning ahvoli keskin yomonlashib, yiqilib tushgan.

Hamkasblari — hamshiralar va shifokorlar tomonidan zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Marhumning jasadi o‘lim sababini aniqlash maqsadida Bursa Sud-tibbiyot institutiga sud-tibbiy ekspertiza uchun yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar