AsosiyJAMIYAT

Toshkentda keksa ayolga nisbatan nojo‘ya harakat qilgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda keksa ayolga nisbatan nojo‘ya harakatlar sodir etgan shaxs haqida xabarlar tarqalib, keng muhokama qilindi.

'Toshkentda keksa ayolga nisbatan nojo‘ya harakat qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 avgust kuni taxminan soat 05:30 larda Yashnobod tumani, Shirinobod mahallasi hududida 2004 yilda tug‘ilgan M.X. mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz buzuq harakat sodir etgan.

Hodisadan so‘ng u voqea joyidan ketib qolayotgan vaqtida fuqarolar tomonidan ushlangan va ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 187-moddasi (“Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish”) hamda 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar