AsosiyJAMIYAT

Yulduz Usmonova Saida Mirziyoyeva faoliyatiga yuqori baho berdi

Yulduz Usmonova nutqi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildirib, ularning faoliyatiga omad tiladi.

'Yulduz Usmonova Saida Mirziyoyeva faoliyatiga yuqori baho berdi'ning rasmi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva faoliyati haqida iliq fikrlar bildirib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda uning hissasi katta ekanini ta’kidladi.

Xonandaning aytishicha, ilgari qabul qilingan ayrim qarorlar amalda to‘liq ijro etilmagan bo‘lsa, bugungi kunda qabul qilinayotgan qarorlar o‘z vaqtida bajarilmoqda.

“Saida Shavkatovadan ham Alloh rozi bo‘lsin. Bu qonunlarning ishlashida shu ayolning hissasi bor. U biznes bilan emas, har kuni ish bilan band. Aytilgan vazifalar nuqta-verguligacha bajarilyapti”, dedi Yulduz Usmonova.

Shuningdek, u mamlakatda qonun ustuvorligi ta’minlanayotgani, barchaga nisbatan bir xil yondashuv qo‘llanilayotganini aytdi. Uning fikricha, bu demokratik tamoyillarning amaldagi ko‘rinishidir.

Xonanda so‘zi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi turmush darajasi yaxshilanayotganini, hududlarda yo‘llar ta’mirlanayotganini, ko‘chalar obodonlashtirilayotgani va infratuzilma rivojlanayotganini qayd etdi.

Yulduz Usmonova nutqi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildirib, ularning faoliyatiga omad tiladi.

    Boshqa yangiliklar