Ijtimoiy tarmoqlarda "OKMKga qarashli quvur yorilibdi" sarlavhasi bilan tarqalgan videolar yuzasidan "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" rasmiy munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, bugun, soat 11:55 da Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga yo'naltirilgan magistral pulpoprovodda, ya'ni quvurda yorilish holati kuzatilgan.
Qayd etilishicha, kombinat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, nosozlik bartaraf etilgan. Hozirda hududdagi yo'llar tozalangan.






